Yangiliklar 24-06-2025, 10:13

O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

 

Konstitutsiyaning 1- moddasida O‘zbekiston — boshqaruvning espublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etishi belgilangan.

Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega ekanligi, uning siyosiy-huquqiy hujjatligi, parlamentda qabul qilinishining alohida tartibiga ega ekanligi yoki umumxalq ovozi (referendum) asosida qabul qilinishi, davlatning ichki va tashqi siyosatining asosiy strategik yo‘nalishlarini, insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilashida ham namoyon bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.

Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang