Yangiliklar 24-06-2025, 10:15

Pedagogik kengashning tarkibi

Pedagogik kengashning tarkibi 

 Pedagogik kengash tarkibi umumta’lim muassasasi direktori, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlardan iborat bo‘ladi. Umumta’lim muassasasining har bir pedagog xodimi ishga qabul qilingan paytdan boshlab pedagogik kengashning a’zosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 09.06.2016-yilda Adliya vazirligi tomonidan 2799-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risi”dagi namunaviy nizomga muvofiq,  umumta’lim muassasasi direktori pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik kengash kotibi pedagog xodimlar orasidan tayinlanishi belgilangan.

Pedagogik kengash raisi o‘z vazifasini bajara olmaydigan (kasal bo‘lgan, xizmat safariga ketganda) holatlarda uning vazifalari direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Zaruratga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.

Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomasi kengash kotibi tomonidan yuritiladi. Bayonnoma pedagogik kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.

Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini raqamlash har o‘quv yili boshida avgust oyida yangidan boshlanadi.

 

 Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang