Yangiliklar 24-06-2025, 10:16

Normativ-huquqiy hujjatlar

Normativ-huquqiy hujjatlar 

Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘ridigi O‘RQ-682-son qonunning 39-moddasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar etib belgilangan.

Qonunga ko‘ra,  “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar hisoblanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.


     Sentyabr     
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang