Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi
Prezident tomonidan 16.06.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1069-son Qonun imzolandi.
«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunga ijro ishi yuritishni tiklash tartibi bilan bogʻliq qoʻshimcha kiritilmoqda. Xususan, u quyidagi hollarda tiklanishi mumkin: Majburiyatlar reyestriga kiritilgan qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari aniqlanganda, Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni tugatish uchun asoslar vujudga kelganda,
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari tomonidan davlat ijrochisining noqonuniy va asossiz qarorlarning bekor qilinishi, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Majburiyatlar reyestrini MIB yuritadi.
Majburiyatlar reyestriga kiritilgan ijro hujjatlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarning mavjudligi davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan onlayn rejimida tekshiriladi.
Ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Majburiyatlar reyestriga avtomatlashtirilgan tizim orqali kiritiladi va 10 yil davomida saqlanadi.
Ijro hujjati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning Majburiyatlar reyestriga kiritilishi qarzdorni bankrot deb topish taomilini boshlashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ijro hujjatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar quyidagi hollarda Majburiyatlar reyestridan chiqariladi: ijro ishi yuritishni tiklash, ijro hujjatining amalda bajarilishi, undiruvchining arizasiga koʻra, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning talabiga koʻra ijro etilmasdan qaytarilganda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaхsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi yoki qarzdor jismoniy shaхsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusхasini olish, qarzdor yuridik shaхsni davlat reyestridan chiqarish, qarzdorning mol-mulki yoki pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar 10 yil davomida aniqlanmaganda.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshyuriskonsult T. O‘razboyev.

Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
