Yangiliklar 27-06-2025, 16:30

Mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar

Mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar

 

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 9-moddasiga asosan, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar kalendar sana bilan, yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan hisoblanadigan vaqt davrining tugashi bilan yoxud yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda aniqlanadi deb belgilangan.

Bunda xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida ishning boshlanish va tugash  sanasi aniq ko‘rsatiladi. Ish boshlanadigan kun-qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va bu O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 9-moddasida    yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar muddatning so‘nggi yili, oyi, haftasining tegishli sanasida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri muddatning o‘tishi boshlangan oyga nisbatan kunlari ko‘proq yoki kamroq bo‘lgan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat tugaydigan oyning oxirgi kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi. Kalendar yillar, oylar, haftalar yoki kunlar bilan hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.Agar muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanishi belgilangan.

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 boshyuriskonsult T.O‘razboyev.


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang