Yangiliklar 27-06-2025, 16:33

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida

 

23.03.2023 yilda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaхslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat хizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 119-sonli qarorga ko‘ra, quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslar hisoblanadi:  nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaхsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaхslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga  asosan  fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda, “proaktiv shakl”da nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlash tizimini joriy etish maqsadida Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi. Nafaqa “proaktiv shakl”da tayinlanganda va nafaqa tayinlash uchun davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, ma’lumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.

 

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshyuriskonsulti O‘razboyev T.


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang