Yangiliklar 27-06-2025, 16:34

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"

 

Prezident tomonidan "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmon imzolandi. 

 Farmonga asosan 2025 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar, shuningdek kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam toʻlovlari miqdori 10 foizga oshiriladi. Bunda quyidagilar belgilandi:

yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 918 ming soʻm;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 1 012 ming soʻm;

kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining oylik miqdori:

360 ming soʻm – 3 yoshgacha boʻlgan bir nafar kichik farzand uchun;

275 ming soʻm – 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bir nafar farzand uchun;

165 ming soʻm – oiladagi ikkinchi farzand uchun qoʻshimcha;

110 ming soʻm – oiladagi uchinchi va har bir keyingi farzand uchun;

kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 420 ming soʻm.

 Fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiya va nafaqalar miqdori hujjatga ilovada keltirilgan.

 Shu bilan bir qatorda 2025 yil 1 avgustdan byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshiriladi.

 Farmon bilan quyidagi bazaviy miqdorlar belgilandi:  2025 yil 1 iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 ming soʻm, 2025 yil 1 avgustdan: MHTEKM (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori) – oyiga 1 271 ming soʻm, BHM (bazaviy hisoblash miqdori) – 412 ming soʻm.

 

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i   S.Matnazarova


     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang