O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlar!
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi deb belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 412-moddasiga asosan, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qo‘llash taqiqlanishi qayd qilingan.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatining qo‘llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lganishlar ro‘yxati, shuningdek ularning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilangan
Shunga asosan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qaroriga asosan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlangan.
Bunda, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalardan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi va tashishi taqiqlanadi.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i S.Matnazarova
Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
