Yangiliklar 27-06-2025, 16:45

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer



Vazirlar Mahkamasining 27.05.2025 yildagi        Oʻzbekiston  Respublikasining   «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni  e’tirof etish toʻgʻrisida»gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida»gi 330-son qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shunday qilib, pasportni tayyorlash muddati uzaytirilmoqda. Xususan, u ob’yektning murakkabligiga qarab:

 koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar uchun - 5 ish kunigacha;

yakka tartibdagi uy-joy uchun - 8 ish kunigacha boʻlgan muddatda tayyorlanadi.

 Koʻchmas mulk ob’yektlarining yashash uchun moʻljallanmagan qismi va umuman koʻp kvartirali uy boʻyicha:

 umumiy maydonda:

- 100 kv. metrgacha - 8 ish kuni;
- 100 dan 1000 kv. metrgacha - 10 ish kunigacha;
- 1000 dan 5 000 kv. metrgacha - 15 ish kunigacha;
- 5000 dan 15 000 kv. metrgacha - 20 ish kunigacha;
- 15000 dan 50 000 kv. metrgacha - 26 ish kunigacha;
 - 50 000 kv. metrdan ortiq boʻlganda - 35 ish kunigacha muddatda tayyorlanadi.

 

Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

                                                                                                          boshlig‘i   S.Matnazarova

     Iyul     
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Obuna bo'lish

Obuna bo'lish bepul

Ommabop xabarlar

img
Sugʻurta tizimini yanada
27-06-2025, 16:52
Veb-saytimiz faoliyatini baholang