Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini
to‘lashdan ozod etish
O‘zbekiston Respublikasining 06.01.2020 yildagi O‘RQ-600-sonli “DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA”gi Qonunining 11-moddasiga asosan, Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan quyidagi shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun, mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha, pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun, onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun, maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun ozod etilishi belgilab qo‘yilgan.
Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
boshlig‘i S.Matnazarova

Obuna bo'lish
Ommabop xabarlar

Mehnat shartnomasini bekor qilishni

Sugʻurta tizimini yanada

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish

Murojaatlarni berish muddatlari
